Uzbekistan Airways Moskvaga birinchi gibrid aviatashuvini amalga oshirdi va Uzbekistan Express`da chiptalar narxlarini e’lon qildi. «Gazeta.uz» muxbiri «to‘liq ekonom» sharoitida bo‘lgan Airbus A320 samolyoti bilan tanishdi va asosiy hamda gibrid modellarning parvozlari o‘rtasida qanday farq borligini o‘rgandi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Uzbekistan Express gibrid modelga asoslangan avitashuvlarga o‘tmoqda. Ushbu modeldagi aviaqatnovlar Airbus A320 samolyotlarida «to‘liq ekonom» sharoitida bo‘ladi. Tariflar 20%ga arzonlashadi. Ushbu model asosidagi aviaqatnovlar Rossiya va Qozog‘iston shaharlariga uchadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting